Vitinya dunyoning eng kuchli chap qanot himoyachisi kim ekanligini aytdi

"PSJ" markaziy yarim himoyachisi Vitinya o'z jamoadoshi va vatandoshi Nunu Mendeshni e'tirof etdi.
"Nunu Mendesh men uchun hozirda dunyoning eng kuchli chap qanot himoyachisi", - dedi Vitinya "Bavariya"ga qarshi EChL 4-tur o'yinidan oldin.
23 yoshli Mendesh joriy mavsumda jami 12 ta o'yinda 4 ta gol urib, 3 ta assist amalga oshirdi.