O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov JCh-2026dagi milliy jamoa ishtiroki haqida fikr bildirib, Portugaliyaga qarshi uchrashuv oldidan o'z munosabatini bildirdi.

«Portugaliyaga qarshi bahsda O'zbekistondan Kongo DR terma jamoasi ko'rsatgan mo''jizani kutamiz. Ular Portugaliya bilan durang o'ynay oldi, demak, O'zbekistonda ham bunday imkoniyat bor. Portugaliya juda kuchli jamoa. Biroq unga qarshi kurashish mumkin», — dedi Denisov.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida ilk bor jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Jamoa birinchi turdan keyin ochko jamg'armagan va K guruhida so'nggi o'rinni egallab turibdi.

23 iyun kuni O'zbekiston Portugaliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Manba: Stadion.uz