Virtsga vaqt berish kerak

Sobiq futbolchi Dimitar Berbatov Florian Virtsning "Liverpul"da porlashiga ishonadi.
Bolgariyalik futbolchi shuningdek, nemis futbolchisining kuchli tomonlarini ham maqtadi. "Virtsning futbolga bo'lgan qarashi, bo'sh joy topishi, o'zini qanday tutishi, improvizatsiyasi, uzatmasi, zarbalari - bularning barchasi ta'sirchan.
Albatta, ba'zilar uning Premer-liga uchun etarlicha jismoniy kuchi yo'qligini aytishlari mumkin.
Lekin Modrichga qarang - u ham xuddi shunday gavdaga ega. Biroq Modrich sovuqqon futbolchi. Shuning uchun Virtsga vaqt bering.
U "Liverpul"da ajoyib o'ynaydi", dedi Berbatov Rio Ferdinandning podkastida.