"Liverpul" yarimhimoyachisi Florian Virts jamoadoshi Ugo Ekitikeni maqtadi. Har ikki futbolchi "qizillar" safiga o'tgan yilning yozida Germaniya Bundesligasidan o'tgandi.

"Ugo - ajoyib yigit, ajoyib shaxs. Biz allaqachon yaxshi do'st bo'lib qoldik. U hatto dastlabki mashg'ulotlarda va "Liverpul"dagi boshlang'ich o'yinlarda meni hayratda qoldirdi - uning bunchalik yaxshi ekanini bilmagandim", - deya Virtsning so'zlarini keltiradi ingliz OAVlari.

Bugun mersisaydliklar Premer-liga doirasida o'z uyida "Nyukasl"ni qabul qiladi.