"Liverpul" yarim himoyachisi Florian Virts yanvar oyida 6 ta samarali harakat amalga oshirdi.

Bugun germaniyalik futbolchi "Nyukasl" darvozasiga kiritilgan ilk golda Yugo Ekitikega assistentlik qildi. Oradan 2 daqiqa o'tib, frantsuz dubl qayd etdi va hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirdi.

So'nggi sakkizta o'yinda Virts 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.