Virts o'zi ko'rgan ilk Jahon chempionati haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi

«Liverpul» va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Florian Virts bolaligida kuzatgan birinchi Jahon chempionati haqida gapirib berdi.
«Menimcha, bu 2010 yilgi turnir edi: har holda, bu men yaxshi eslaydigan birinchi Jahon chempionati. Men o'yinlarni do'stlarim bilan yoki ko'chadagi odamlar orasida tomosha qilardim. Jahon chempionati — bu ajoyib voqea: u ko'plab turli mamlakatlarni birlashtiradi va Germaniyada doimo haqiqiy bayramona muhit hukm suradi, butun mamlakat milliy terma jamoani qo'llab-quvvatlaydi», — deya Virtsning so'zlarini FIFA rasmiy sayti keltirmoqda.
JCh-2026da Germaniya terma jamoasi «E» guruhida Kyurasao, Kot-d'Ivuar va Ekvador jamoalari bilan kuch sinashadi.