«Liverpul» yarim himoyachisi Florian Virts «Sanderlend»ga qarshi kechgan bahsdagi (1:0) o'z ishtiroki borasida fikr bildirdi.

Germaniyalik futbolchi uchrashuvda final hushtagi chalingunga qadar harakat qildi, biroq samarali harakatlarni amalga oshira olmadi.

«Men yaxshi o'ynadim. Bir nechta yaxshi vaziyatlar bo'ldi, ammo u qadar omadli chiqmagan vaziyatlar ham bor edi. Men imkoniyatlar yaratishga harakat qildim. Eng muhimi — biz g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldik», — dedi Virts o'yindan keyin OAV vakillari bilan suhbatda.

Uchrashuvdagi yagona gol muallifi sardor Virjil van Deyk bo'ldi. U 61-daqiqada Muhammad Saloh tomonidan etkazib berilgan to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi.

Shanba kuni Arne Slot shogirdlari Angliya Kubogi doirasida o'z maydonlarida «Brayton»ni qabul qilishadi.