Virts nega "Bavariya"ga o'tmadi? Ballak fikr bildirdi

Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Mixael Ballak yozda "Bayer"dan "Liverpul"ga o'tgan hamyurti Florian Virts transferi haqida fikr bildirdi.
"Nega "Bavariya" emas? Florian uchun buning ma'nosi yo'q edi. Germaniya chempionati unga qiyinchilik tug'diradi, deb o'ylamayman. Bundesliga anchadan beri APLdan kuchsizroq. Bu haqiqat. Shuning uchun Germaniya chempionati top-futbolchilar uchun jozibador emas," - deya Ballakning so'zlarini keltiradi Bild.
Virts Mersisayd grandiga 125 million evro evaziga o'tdi. 22 yoshli germaniyalik yarim himoyachi "qizillar" bilan 5 yillik mehnat shartnomasini imzoladi.