Virts Musialani kutmoqda

«Liverpul»ning germaniyalik yarim himoyachisi Florian Virts «Bavariya»dagi hamyurti Jamal Musiala haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Uzoq vaqt maydondan tashqarida qolish qanday ekanligini yaxshi bilaman. Bu odamni g'azablantiradi. Men uning qaytishini intiqlik bilan kutyapman va unga vaqti-vaqti bilan xat yozib turaman. Jamal — Germaniya terma jamoasi uchun juda muhim o'yinchi», — deya Virtsning so'zlarini keltiradi jurnalist Kerri Xau.
Musiala bir yildan ortiq vaqt davomida Germaniya terma jamoasi safida maydonga tushmadi. O'tgan yozda yarim himoyachi og'ir jarohat oldi va faqat shu yilning yanvar oyida maydonga qaytdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Germaniya terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Shveytsariyani 4:3 hisobida mag'lub etgan edi. Nemislar navbatdagi nazorat bahsini 30 mart kuni Ganaga qarshi o'tkazishadi.