Virts "Liverpul"ning "Enfild"dagi o'yinidan olgan taassurotlari bilan o'rtoqlashdi

"Liverpul" yarim himoyachisi Florian Virts jamoaning uy stadioni "Enfild"dagi muhitga baho berdi.
"Menga "Bayer" juda yoqardi, u erda menga hamma narsa yoqardi - muxlislar, klubning o'zi. Ammo shu bilan birga, "Enfild"ga chiqqaningda, bu oldinga tashlangan qadam ekanini tushunasan. You’ll Never Walk Alone qanday yangrashini eshityapsan va bu haqiqatan ham ta'sirli, juda ta'sirli," - deydi 22 yoshli futbolchi Sky’ga bergan intervyusida.
Angliya grandi germaniyalik yulduzni o'tgan yozda "Bayer"dan 125 mln evroga sotib olgan edi. Qimmatbaho yangi futbolchi Arne Slot jamoasi safida barcha musobaqalarda ettita o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.