"Liverpul" yarim himoyachisi Florian Virts klubning Chempionlar Ligasidagi rekordini o'rnatdi.

22 yoshli futbolchi "qizillar"ga "Galatasaroy"ni 4:0 hisobida mag'lub etishiga yordam berdi va bitta golli uzatma berdi.

Opta ma'lumotlariga ko'ra, Virts "Enfild"da turk jamoasiga qarshi o'yinda sakkizta golli vaziyat yaratdi - bu "Liverpul" rekordidir.

Joriy Chempionlar Ligasi mavsumida nemis futbolchisi bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.