"Liverpul" yarim himoyachisi Florian Virts jamoa bosh murabbiy Arne Slot uchun o'ynashda davom etayotgani haqidagi savolga javob berdi.

"Ha, albatta. Biz unga ishonamiz va bu to'g'ri qaror, chunki o'tgan mavsumda ular (murabbiylar shtabi nazarda tutilmoqda) chempionatda g'olib chiqishdi. Bizda ko'plab yaxshi o'yinlar bo'ldi, hozirgidan ko'ra ko'proq natijaga erishishni istagandik. Bizda kurashish uchun sabablar etarli. Biz murabbiyga ishonamiz", — deya Virtsning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.

31-turdan so'ng "Liverpul" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 49 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda. Navbatdagi turda mersisaydliklar o'z maydonida "Fulxem"ni qabul qiladi. Bahs 11 aprel kuni bo'lib o'tadi.