Vinisiusni urgan futbolchi diskvalifikatsiya qilindi

"Xetafe" futbolchisi Nom Vinisiusning yuziga zarba bergani uchun 2ta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.
"Real" La Liganing 9-turida safarda "Xetafe"ni mag'lub etdi (1:0).
77-daqiqada Allan Nom zaxiradan maydonga tushganidan 44 soniya o'tib, qanotda katta tezlikda oldinga qochayotgan Vinisiuning yuziga qo'li bilan zarba berib, uni yiqitdi. Braziliyalik maydonga yotib oldi. Bosh hakam Xose Munuera Montero darhol mezbonlarning kamerunlik himoyachisini maydondan chetlatishga qaror qildi. "Xetafe" o'yinni to'qqiz kishi bo'lib yakunladi - 84-da Vinisiusning oyog'iga orqadan zarba bergani uchun Aleks Sankris ikkinchi sariqni oldi.
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) Nomni to'p yo'q vaziyatda tajovuzkor xatti-harakatlari uchun ikki o'yinga diskvalifikatsiya qildi.
Shu tariqa Allan "Atletik" va "Jirona" bilan o'ynamaydi.