Vinisiusmi yoki Lamin Yamal? «Atletiko» himoyachisi eng qiyin raqibini aytdi

Madridning «Atletiko» klubi himoyachisi Markos Lorente eng qiyin raqiblari haqida to'xtalib o'tdi. Ispaniyalik futbolchi o'z fikrini bildirar ekan, «Real» va «Barselona» yulduzlari — Vinisius Junior va Lamin Yamal o'rtasida taqqoslash o'tkazdi.
«Vinisiusga qarshi o'ynaganda, men vaziyatni kammi-ko'pmi nazorat qila olaman. Ammo Lamin bilan bog'liq vaziyatda qiyinchiliklarga duch kelganman. To'g'risini aytsam, hech qaysi vinger menga bunchalik muammo tug'dirmagan. Ba'zida maydonda Yamalni ko'rib: «Yaxshiyamki, unga qarshi o'ynashimga to'g'ri kelmayapti», deb o'ylab qolaman. U mening qanotimda o'ynamaydi, lekin menimcha, agar u mening bevosita raqibim bo'lganida, menga juda qiyin bo'lardi», — deya 31 yoshli futbolchining so'zlarini keltiradi Sport nashri.
Yaqinda «Atletiko» Madrid derbisida «Real»ga imkoniyatni boy berdi (2:3). La Liganing navbatdagi turida Diego Simeone shogirdlari «Barselona»ga qarshi bahs olib borishadi — uchrashuv 4 aprel kuni bo'lib o'tadi.