Vinisiusga terma jamoada joy kafolatlanganmi?

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Real" hujumchilari Vinisius Junior va Rodrigoning kelajagi haqidagi savollarga javob berdi.
"Vinisiusga 2026 yilgi jahon chempionati qaydnomasidan joy kafolatlanganmi? Agar u yaxshi formada bo'lsa, ha. U eng yaxshi formada bo'lishi kerak. Rodrigo ham. Agar u eng yaxshi formada bo'lsa. U juda yaxshi futbolchi. Rodrigo bilan Vini haqida gapirib o'tirishning hojati yo'q. Men ular bilan Chempionlar Ligasida g'alaba qozonganman", - dedi Anchelotti ESPN’ga bergan intervyusida.
2026 yilda jahon chempionati uchta mamlakatda - AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.