Vinisius Junior va Xabi Alonso "Real"ning g'alabasi bilan bir-birini samimiy tabrikladi.

"Qaymoqranglilar" Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 5-turida "Olimpiakos"ni (4:3) mag'lub etdi. Braziliyalik vinger o'yinda poker qayd etgan Kilian Mbappega 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Final hushtagidan so'ng vinger va madridliklar bosh murabbiyi bir-biriga besh berib, maydonda quchoqlashdi.

Avvalroq Xabi va Vini o'rtasida ziddiyat borligi xabar qilingandi.