Vinisius va Xabi Alonso muammoga echim topishdi

Vinisius Junior va Xabi Alonso o'rtasidagi munosabatlarda endi keskinlik yo'q. Bu haqda AS nashrining juma kuni chop etilgan materialida so'z boradi.
"Real"ning so'nggi uchta o'yinida Vinisius Kilian Mbappe bilan juftlikda ikkinchi hujumchi bo'lgan. Bu pozitsiya braziliyalik futbolchidan ba'zi himoyaviy funktsiyalarni olib tashladi va unga o'zini ko'proq erkin his qilish imkonini bermoqda.
"Vinisius yana o'z futboli tizimga juda mos kelishini his qilmoqda," - deyiladi materialda.
Vinisius va Xabi Alonsoning Bilbaodagi samimiy quchoqlashishlari murabbiy va futbolchi o'rtasida hammasi joyida ekanini tasdiqlaydi, xolos.
Endi "Real" Vinisius bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishib olishi osonroq bo'ladi. Amaldagi shartnoma 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan.