Vinisius va Mbappe irqchilik haqoratlariga uchradi

Vinisius Junior va Kilian Mbappe La Liga o'yinida irqchilikka uchradi.
Ispaniya chempionatining 2-turida "Real Madrid" safarda "Real Ovedo"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.
37-daqiqada frantsiyalik futbolchi golini nishonlayotganda, mezbonlar muxlislari tribunasidan maymun ovoziga o'xshash qichqiriqlar eshitildi. Shu holat 63-daqiqada, braziliyalik o'yinchi maydonga tushganda ham takrorlandi. Shunday qilib, "Ovedo"ning kamida ikkita muxlisi "Real" futbolchilarini haqorat qilgani ma'lum bo'ldi.
Bu holatlar Movistar kameralari tomonidan qayd etildi va "El Día Después" ko'rsatuvida namoyish qilindi.