Vinisius Simeonening Superkubokdagi haqoratiga javob qaytardi

«Real» vingeri Vinisius «Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeonega uning avvalgi so'zlarini eslatib qo'ydi.
22 mart kuni bo'lib o'tgan Madrid derbisida «Real» «Atletiko»ni mag'lub etdi (3:2). Ushbu bahsda Vinisius dubl qayd etdi va 87-daqiqada zaxiraga olindi. Maydonni tark etayotib, braziliyalik futbolchi «Atletiko» murabbiyining yonidan o'tdi va to'rt marta: «Meni haydab yuborishadi», deb aytdi. Bu holat Simeonega yoqmadi.
Vinisiusning bu so'zlari jamoalarning yanvar oyida Ispaniya Superkubogi doirasidagi uchrashuviga ishoradir (o'shanda «Real» 2:1 hisobida g'alaba qozongandi). O'sha o'yin davomida Simeone Vinisiusga qarata: «Peres seni haydab yuboradi, mening gapimni eslab qol», degan edi.