Vinisius "Real" safida EChLda 78 ta o'yinda 62 ta golda qatnashgan

Vinisius 2018 yilda "Real"ga o'tganidan beri Chempionlar ligasining 78 ta o'yinida 32 ta gol urdi va 30 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Kecha vinger "Benfika"ga qarshi javob uchrashuvida (2:1) g'alaba golini kiritdi. Birinchi o'yinda ham (1:0) braziliyalik futbolchi gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.
Vinisius "Real" bilan birga Chempionlar ligasining ikkita finalida o'ynagan — 2021/22 yilgi mavsumda "Liverpul"ga qarshi (1:0) va 2023/24 yilgi mavsumda "Borussiya Dortmund"ga qarshi (2:0). U har ikkala final uchrashuvida ham gol urgan.
Uning hisobida pley-off bosqichidagi 20 ta o'yinda jami 14 ta gol va 12 ta assist mavjud. Vinisius braziliyaliklar orasida pley-off o'yinlarida gol urish bo'yicha rekordchi hisoblanadi.