Vinisius Junior Chempionlar Ligasi tarixida "Real"ning eng yaxshi assistentlari reytingida ikkinchi o'ringa chiqib oldi.

Braziliyalik vinger "Monako"ga qarshi o'yinda (6:1) 2 ta golli uzatma berdi.

Endi Vinisiusning hisobida Chempionlar Ligasida 29 ta golli uzatma bor - 25 yoshli vinger Karim Benzemani (27) ortda qoldirdi. "Real" tarkibida EChLda eng ko'p golli uzatmani Krishtianu Ronaldu (31) amalga oshirgan.