Vinisius "Real"ga ultimatum qo'ydi

"Real" vingeri Vinisius Junior Madrid klubiga ultimatum qo'ydi. U "qaymoqranglilar"ning yiliga 20 mln evro maoshli yangi shartnoma bo'yicha taklifini rad etdi. Braziliyalik futbolchi "Qirollik klubi"dan 30 mln evro maosh talab qilmoqda.
Avvalroq Vinisius "Real"da Krishtianu Ronaldu oladigan maosh darajasida maosh olishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Yuqorida tilga olingan 30 mln evro haqiqatan ham afsonaviy portugaliyalik darajasida. Bungacha "Real"da Ronaldudan boshqa hech kim bunday maosh olmagandi.
Shu bilan birga, Vinisius yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmasa, Madridni tark etishga tayyor.