Vinisius Peresga ultimatum qo'ygani rostmi? Fabritsio Romano ma'lumot berdi

Taniqli insayder Fabritsio Romano Vinisius Juniorning "Real"dagi holati haqida fikr bildirdi.
Matbuotda braziliyalikning jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan ziddiyati haqida tinimsiz gapirilmoqda. Mish-mishlarga ko'ra, 25 yoshli futbolchi hatto klub prezidenti Florentino Peresga ispaniyalik murabbiyni iste'foga chiqarmasa, shartnomani uzaytirmasligini aytgan.
- Bilishimcha, bunaqasi bo'lmagan. Vini faqat doimiy o'ynashni xohlashini va o'zini zaxirada his qilishni istamasligini bildirdi," - deya vaziyatga oid ma'lumotlar bilan o'rtoqlashdi Romano.
Vinisius Juniorning "Real" bilan amaldagi kelishuvi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.