Vinisius o'z kelajagi haqida bayonot berdi

Hujumchi Vinisius Junior Braziliya terma jamoasi ixtiyorida tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Yulduz futbolchi o'z kelajagi borasida fikr bildirdi.
«Men faqat «Real» va klubda uzoq vaqt qolish haqida o'ylayapman», — dedi Vinisius jurnalistlarga.
Vinisius Juniorning «Real» bilan amaldagi shartnomasi tugashiga atigi 15 oy qoldi — kelishuv 2027 yilning yozida yakuniga etadi. Vaziyatni hisobga olsak, 25 yoshli Vinisius muntazam ravishda transfer mish-mishlari qahramoniga aylanib bormoqda.
«Real» ayni damda Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Alvaro Arbeloa jamoasi «Barselona»dan to'rt ochkoga ortda qolmoqda.