"Levante"ga qarshi o'yinda Vinisius Junior hisobni ochdi.

28-daqiqada "Real" vingeri Federiko Valverdening uzatmasini jarima maydonining o'ng tomonidan qabul qilib oldi va trivela usulida raqib darvozasining uzoq burchagiga zarba berdi.

Bu braziliyalik futbolchi uchun joriy Ispaniya chempionatining 6 o'yinidagi uchinchi gol bo'ldi.

Shuningdek, 25 yoshli futbolchi uchta golli pasga ham ega. U o'yinda ikkinchi gol muallifi Franko Mastantuonoga golli pas berdi.