Vinisius Junior kutilmaganda Evropa grandlariga kerak bo'lmay qoldi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior yaqin kelajakda Evropada o'zi uchun yangi klub topishi amrimahol bo'lib turibdi. Braziliyalik futbolchining agentlari Evropa grandlarida qiziqish uyg'otish uchun «hamma narsani sinab ko'rishdi», biroq hech qanday talab paydo bo'lmadi, deb xabar bermoqda Transfer News Live jurnalist Romen Molinaga tayanib.
Hatto 25 yoshli forvardga da'vogar sifatida ko'rilayotgan «Chelsi» ham unga qiziqish bildirmadi. Avvalroq joriy mavsum davomida «Real» va Vinisius o'rtasidagi muzokaralarda futbolchining maosh bo'yicha talablari tufayli muammolar yuzaga kelgani haqida xabar berilgan edi. Shu bilan birga, matbuotda Florentino Peresning yulduz bilan yangi shartnoma imzolash niyatida ekanligi haqida ham ma'lumotlar tez-tez paydo bo'lib turibdi.
Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 150 million evroga baholamoqda.