Vinisius Junior Grizmanning MLSga ko'chib o'tganiga munosabat bildirdi

«Real» va Braziliya terma jamoasi vingeri Vinisius Junior Antuan Grizmannning mavsum yakunida «Atletiko»dan ketishiga munosabat bildirdi. Shu yozda frantsiyalik hujumchi «Orlando Siti» klubiga borib qo'shiladi.
«Grizmann — ajoyib o'yinchi, u Ispaniyada va Frantsiya terma jamoasida ajoyib faoliyat olib bordi. O'ylaymanki, u MLS rivojlanishiga katta yordam beradi. Men esa faqat «Real» va bu erda uzoq vaqt qolish haqida o'ylayapman», — dedi Vinisius.
Payshanba kuni, 26 martda Braziliya va Frantsiya terma jamoalari AQShda o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi.