Vinisius JChdan so'ng plastik xirurgga murojaat qildi

Madridning «Real» klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior plastik xirurgiya yordamiga tayandi.
TMK xabariga ko'ra, futbolchi jag' shaklini to'g'irlashga qaror qilgan. Kosmetologiyada bu protsedura «yuz garmonizatsiyasi» deb ataladi.
Buning uchun Vinisius Braziliyaning Goyaniya shahridagi ixtisoslashtirilgan klinikalardan biriga murojaat qilgan. Operatsiya yakunlangach, futbolchi o'z jufti hamrohligida Evropaga ta'tilga uchib ketdi.
Vinisius 2026 yilgi Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasining eng mahsuldor o'yinchisiga aylandi. Uning hisobida to'rtta urilgan gol va bitta golli uzatma bor.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar