Vinisius jazolanishi mumkin

"Real Madrid" rahbariyati hujumchi Vinisius Juniordan norozi.
Sababi braziliyalik yaqinda La Liga 2-turidan o'rin olgan "Ovedo"ga qarshi o'yinda provokatsion ishoralar qayd etdi.
Bu haqda Fichajes xabar bermoqda. Eslatib o'tamiz, Vinisius gol urganidan so'ng raqib jamoa muxlislari tribunalariga qarata barmoqlari bilan ishora qildi.
Ko'pchilik bu ishorani "Ovedo"ning 24 yildan beri La Ligada o'ynamaganiga ishora sifatida qabul qildi.
O'tgan mavsumda klub Ispaniya futbolining ikkinchi divizionida o'ynadi. "Real"ning fikricha, Vinisius o'zining xatti-harakati bilan muntazam ravishda madridliklar imijini buzadi. Forvardga nisbatan sanktsiyalar qo'llanilishi mumkin.