Vinisius jahon chempionatidagi gollar soni bo'yicha Ronaldinoni ortda qoldirdi

Vinisius Junior jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi safinda yana gol urdi. Bu safar madridning «Real» klubi vingeri Gaiti terma jamoasi darvozasini ishg'ol qilib, ikkinchi tur uchrashuvining birinchi bo'limi yakunida hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirdi. Shu tariqa, 25 yoshli yulduzning mundiallardagi gollari soni (uchta) afsonaviy Ronaldino o'zining butun faoliyati davomida urgan gollardan (ikkita) ko'proqni tashkil etmoqda.
Eslatib o'tamiz, Vinisius birinchi turda Marokash bilan kechgan bahsda ham (1:1) gol urishga muvaffaq bo'lgandi. Futbolchining «pentakampeonlar» safida terma jamoalarning bosh turniridagi debyut goli esa 2022 yilda, Janubiy Koreyaga qarshi 1/8 final uchrashuvida sodir bo'lgan edi.
Ronaldino Braziliya terma jamoasida 1999 yildan 2013 yilgacha to'p tepgan. 2002 yilda u jamoa bilan birgalikda beshinchi va hozircha so'nggi jahon kubogini qo'lga kiritgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar