Vinisius jahon chempionatidagi 6 ta o'yinda 6 ta golli vaziyatda ishtirok etdi

Madridning «Real» klubi vingeri Vinisius Junior Braziliya terma jamoasi safida jahon chempionati bahslarida hayratlanarli mahsuldorlik namoyish etmoqda.
25 yoshli futbolchi Gaitiga qarshi bugungi uchrashuvda «selesao»ning ikkita golida bevosita qatnashdi: 36-daqiqada u Mateus Kunyaga golli uzatma etkazib bergan bo'lsa, 45-daqiqada o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Shu tariqa, Vinisiusning mundiallardagi butun faoliyati davomida to'plagan ochkolari soni 6 ta o'yinda «gol+pas» tizimi bo'yicha 6 taga (3 ta gol va 3 ta assist) etdi.
«Qaymoqranglilar» yulduzining milliy terma jamoa libosidagi barcha turnirlardagi umumiy statistikasi esa bunchalik yuqori emas — 51 ta uchrashuvda 11 ta gol va 10 ta golli uzatma.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar