Vinisius irqchilikka qarshi kurashda katta muvaffaqiyatlarga erishishga umid qilmoqda

Braziliya terma jamoasi va «Real» vingeri Vinisius Junior irqchilikka qarshi kurashdagi yutuqlari u uchun futbol maydonidagi muvaffaqiyatlardan ko'ra muhimroq ekanini ma'lum qildi.
«Futbol maydonidan tashqaridagi bu yutuqlar men uchun maydonda erishayotganlarimdan ko'ra ancha muhimroq. Chunki shu yo'l bilan men juda ham ko'p odamlarga yordam bera olaman. Albatta, o'zgarishlar sekinlik bilan amalga oshmoqda, lekin eng muhimi – ular davomli bo'lishi va keyingi avlod bundan aziyat chekmasligidir. Mening etti yoshli ukam bor va u irqchilikni o'z boshidan o'tkazishiga to'g'ri kelmaydi deb juda umid qilaman.
Men futbol maydonida katta yutuqlarga erishishni istayman, lekin shu bilan birga, xuddi men kabi o'z ovozini eshittirish imkoniyatiga va kuchiga ega bo'lmagan yosh qora tanli bolalarga ilhom berishda davom etishni xohlayman», – dedi Vinisius Junior.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar