Vinisius Endrikning "Lion"ga o'tganiga munosabat bildirdi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Endrik "Lion"ga ko'chib o'tdi. 19 yoshli braziliyalik futbolchi mavsumning qolgan qismini frantsuz klubida ijara asosida o'tkazadi, bu haqda seshanba kuni rasman ma'lum bo'ldi.
- Mening ukam Bob. Omad tilayman. Qaytishingni intizorlik bilan kutamiz," - deb yozdi "qaymoqranglilar" forvardi Vinisius Junior ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Endrik joriy mavsumning birinchi yarmida atigi uch marta maydonga tushdi. "Palmeyras" tarbiyalanuvchisining "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2030 yilning yarmigacha mo'ljallangan.