Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior Ispaniya Primerasining 10-turidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi o'yindan bir kun oldin "qaymoqranglilar" muxlislariga murojaat qildi.

"Ertagacha, madridchilar. Bundan rohatlaning", - deb yozdi braziliyalik o'zining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida.

"Real" va "Barselona" o'rtasidagi o'yin Madriddagi "Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi.

Primera 9-turidan keyin "Real" ochkolari sonini 24taga etkazib, 1-o'rinda bormoqda. "Barselona" ochkolarini 22taga etkazib, 2-o'rinda bormoqda. O'tgan turda Xabi Alonso jamoasi "Xetafe"ni (1:0) mag'lub etgan bo'lsa, Hans-Diter Flik shogirdlari "Jirona"ni (2:1) taslim etdi.