Vinisius — Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi

UEFA matbuot xizmati rasmiy sayti orqali Madridning «Real» jamoasi qanot hujumchisi Vinisius Junior Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topilganini ma'lum qildi.
Braziliyalik vinger «Monako»ga qarshi o'yinda (6:1) bir gol urdi va uchta golli uzatma amalga oshirdi.
Ovoz berish jarayonida Vinisius «Atletik» yarim himoyachisi Robert Navarro ( «Atalanta»ga qarshi o'yinda gol va ikki assist — 3:2), «Barselona» xavbeki Fermin Lopes ( «Slaviya»ga qarshi bahsda dubl — 4:2) hamda «Sporting» hujumchisi Luis Suaresni («PSJ»ga qarshi o'yinda dubl — 2:1) ortda qoldirdi.
Joriy mavsumda Chempionlar ligasida Vinisius 7 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Manba: championat.com