Vinisius Braziliya — Frantsiya bahsidan nimalar kutayotganini aytdi

Braziliya va Frantsiya terma jamoalari payshanba kuni AQShda o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi. Ushbu o'yin haqida «selesao» hujumchisi Vinisius Junior o'z fikrlarini bildirdi.
«Bu o'yin biz uchun juda muhim. Frantsiya — ajoyib jamoa. U erda mening «Real»dagi jamoadoshlarim bor — ular ham kuchli o'yinchilar. O'yin juda ochiq ruhda o'tadi, chunki hech kim shunchaki himoyalanishni istamaydi. Bu biz uchun yaxshi sinov bo'ladi. Muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashiga kelsak, bu biz uchun doim muhim. Biz birlashganimizda, buyuk yutuqlarga erisha olamiz», — dedi Vinisius matbuot anjumanida.
Braziliya va Frantsiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 27 mart kuni Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi.