Vinisius «Barselona» bilan o'yin haqida gapirdi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior La Liganing navbatdagi turi doirasida «Barselona»ga qarshi kechadigan bahs oldidan o'z kutilmalari bilan o'rtoqlashdi. Yakshanba kuni Alvaro Arbeloa shogirdlari «Espanol»ni mag'lub etdi (2:0) va «ko'k-anorranglilar»ning «El-Klasiko»gacha muddatidan oldin chempionlikni qo'lga kiritishiga yo'l qo'ymadi.
Shunday bo'lsa-da, Kataloniya grandining yakuniy chempionligi muqarrar bo'lib ko'rinmoqda: mavsum tugashiga to'rt tur qolganda «Barsa» Madrid klubidan 11 ochko oldinda bormoqda. «Kamp Nou»dagi to'qnashuvda mehmonlarning g'alabasidan boshqa har qanday natija «Barselona»ni rasman chempionga aylantiradi.
«Bizda bir hafta vaqt bor — bugungidek o'yin ko'rsatish uchun eng yaxshi tarzda tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Biz bunday uchrashuvlarni yaxshi ko'ramiz. Umid qilamanki, bahsga ajoyib sport formasida etib boramiz va g'alaba qozona olamiz», — dedi Vinisius o'z intervyusida.
«Barselona» — «Real» uchrashuvi 10 may kuni bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.