«Arsenal» madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Juniorni o'z safiga qo'shib olgan taqdirda, uni jamoadagi eng yuqori maosh oluvchi futbolchiga aylantirishiga to'g'ri keladi. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, London klubi braziliyalik vingerning «qaymoqranglilar» bilan shartnomani uzaytirish borasidagi kelishmovchiliklari fonida haqiqatan ham uni sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.

Ta'kidlanishicha, ayni damda «Arsenal»da eng ko'p maosh oluvchi futbolchi hujumchi Bukayo Saka hisoblanadi. Uning maoshi soliqlar ushlanguniga qadar yiliga taxminan 15,6 mln funtni (18,2 mln evro) tashkil etadi. Vinisiusning «Real»dagi maoshi esa soliqlar to'langanidan so'ng taxminan 14,9 mln evroga teng. «Qirollik klubi» futbolchiga 20 mln evrodan ortiq maosh taklif qilmoqda, biroq uning o'zi 30 mln evro atrofida mablag' olmoqchi.

Manba: Stadion.uz