Vinisius APL klublariga kerak emas

"Real"ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior "Santyago Bernabeu"ni tark etsa, katta ehtimol bilan Saudiya Arabistoniga yo'l oladi. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Angliya premer-ligasi klublari Vinisiusning murakkab fe'l-atvori va OAVdagi mavqei shubhali ekani sababli uni taklif qilishdan manfaatdor emas. Qolaversa, APL grandlari birgina transfer tufayli jamoa ichidagi muxitni buzmoqchi emas. Shu sababli braziliyalik futbolchining faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'lgan hudud Yaqin Sharq hisoblanadi.
Joriy mavsumda 25 yoshli Vinisius barcha musobaqalarda 21ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi.