Vinchentso Montella Turkiya terma jamoasidan iste'foga chiqarilmaydi

Turkiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vinchentso Montella o'z lavozimida qoladi. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, Turkiya futbol federatsiyasi Jahon chempionati — 2026dagi omadsiz ishtirokka qaramay, italiyalik mutaxassisni jamoa boshqaruvida qoldirishga qat'iy qaror qilgan. Turkiya terma jamoasi mundialning guruh bosqichida bor-yo'g'i 3 ochko jamg'arib, keyingi bosqichga chiqa olmagan edi.
52 yoshli Montella 2023 yildan buyon Turkiya terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida jamoa 36 ta uchrashuv o'tkazib, 21 ta g'alabaga erishdi, 5 marta durang o'ynadi va 10 ta bahsda imkoniyatni boy berdi.
Montellaning ayni damdagi amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyul oyi oxirigacha, ya'ni navbatdagi Evropa chempionati yakuniga qadar mo'ljallangan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar