"Vilyarreal" ustozi Dortmunddagi yirik mag'lubiyat haqida fikr bildirdi

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining safar o'yinida "Vilyarreal" Dortmundning "Borussiya" klubiga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu natijaga Ispaniya klubi ustozi Marselino izoh berdi.
"Biz 0:4 hisobida mag'lub bo'ldik. Lekin jamoaning o'yinidan hafsalam pir bo'lgani yo'q. Biz ko'p ish qildik, ammo natijaga erisha olmadik. Ushbu turnirda mayda, ammo juda muhim detallar bizga xalaqit bermoqda. Yuqori darajada bu farq seziladi," - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
"Vilyarreal" bor yo'g'i 1 ochko jamg'arib, Evropa Chempionlar Ligasi umumiy turnir jadvalida 34-o'rinni egallab turibdi.