«Real»ning sobiq futbolchisi Dani Sebalos xizmatlari «Vilyarreal»ga taklif qilindi. Bu haqda Matteo Moretto yozmoqda.

Ammo kastelonliklar o'yinchini tarkibni kuchaytirish uchun ustuvor variant deb hisoblashmayapti. Sebalos xizmatlariga «Ayaks» va «Betis» klublari qiziqish bildirmoqda.

Dani Sebalos erkin agentga aylandi. O'tgan mavsumda ispaniyalik yarim himoyachi 23 ta o'yinda maydonga tushib, mahsuldor harakatlar bilan ajralib tura olmadi.

Manba: Stadion.uz