"Vilyarreal" sharafini himoya qilayotgan Santyago Mourino "Barselona"ga qarshi o'yindan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.

"Bunday jamoalarga qarshi vaziyatlardan foydalanish kerak, aks holda o'yin qiyinlashadi. Bizda o'z kuchli tomonlarimiz bor va agar hujumchilar formada bo'lsa, juda yaxshi o'yin ko'rsata olamiz", - dedi Mourino.

Shuningdek, himoyachining qo'shimcha qilishicha, "ko'k-anorranglilar"ning himoya chizig'i juda yuqori, bu esa ba'zida himoyada xatolarga olib keladi.