“Lion” markaziy hujumchisi Jorj Mikautadze faoliyatini “Vilyarreal”da davom ettirishi mumkin.

Bu haqda Foot Mercato xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, "Vilyarreal" Gruziya terma jamoasining 24 yoshli forvardi uchun taklif tayyorlamoqda.

Ta'kidlanishicha, “sariq suv osti kemasi” “Lion”ga 30 million evrolik taklif yuborishni rejalashtirgan.

Joriy mavsumda Mikautadze Frantsiya chempionatining ikkita uchrashuvida maydonga tushib, bitta gol urdi.