"Vilyarreal"ga qarshi bahsdan so'ng Mourinyu nega matbuot anjumaniga kirmadi?

Bunga hujumchi Vinisius Juniorning maydondan chetlatilishi sabab bo'lgan.
Sport.es nashri xabariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis sodir bo'lgan voqeadan juda darg'azab bo'lgan va o'z reakciyasi sababli diskvalifikaciya olishdan cho'chigan. U shu orqali oldinda turgan "Sevilya" (18 oktyabr) hamda "Barselona"ga (25 oktyabr) qarshi muhim bahslarni o'tkazib yuborishni istamagan.
Eslatib o'tamiz, Vinisius to'pni darvozaga yo'llashdan oldin mehmonlar yarim himoyachisi Natan-Dilan Salibaning sochidan ushlab tortgan edi. Videotakrordan (VAR) so'ng gol bekor qilinib, braziliyalik hujumchi 73-daqiqada maydondan chetlatildi.
Kommentariyalar