"Vilyarreal" va "Barselona" o'rtasidagi La Liga uchrashuvi AQShda o'tkazilishi kutilmoqda. Bunga "sariq suvosti kemasi" darvozaboni Arnau Tenas munosabat bildirdi.

"Men uchun bu masalada muammo yo'q. O'yin Mayamida bo'ladimi yoki "La Keramika" stadionida — biz "Barcelona"ga qarshi o'yinga bir xil tayyorgarlik bilan chiqamiz", - dedi 24 yoshli ispaniyalik golkiper.

Uchrashuv 20 dekabr kuni bo'lib o'tishi mumkin.