«Vilyarreal» bosh murabbiyning ketishini rasman e'lon qildi

Marselino Toral joriy mavsum yakunida «Vilyarreal»dagi faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda Ispaniya klubining rasmiy saytida xabar berildi.
Murabbiyning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bo'lib, u uzaytirilmaydigan bo'ldi. Marselino «Vilyarreal»ga 2023 yilning kuzida qaytgan edi. Bungacha u 2013 yildan 2016 yilgacha bo'lgan davrda ham jamoa bilan ishlagan.
Eslatib o'tamiz, 2 may kuni Toral shogirdlari o'z uyida «Levante»ni 5:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi. Ispaniya chempionatining 34 turidan so'ng jamoa 68 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Navbatdagi 35-turda «Vilyarreal» 10 may kuni safarda «Malorka»ga qarshi maydonga tushadi.