Mashhur sobiq hujumchi David Vilya "Barselona" futbolchisi Ferran Torres haqida qanday fikrda ekanini aytdi.

"Ko'k-anorranglilar" hujumchisi 25 yoshida Ispaniya terma jamoasi safida 50 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urishga ulgurgan. Rekord hamon Vilyaga tegishli - 59 gol.

"Umid qilamanki, Ferran Ispaniya terma jamoasidagi gollar soni bo'yicha mening rekordimni yangilaydi. Men juda xursand bo'laman. Uni ajoyib futbolchi va ajoyib inson deb hisoblayman," - dedi jahon va Evropa chempioni DAZN telekanali efirida.

Chorshanba kuni Chempionlar ligasi doirasidagi o'yinda Ferran Torres "PSJ" darvozasini ishg'ol qildi, ammo "Barselona" baribir mag'lub bo'ldi (1:2).

11 va 14 oktyabr kunlari Ispaniya terma jamoasi JCh-2026 saralash bosqichi doirasida Gruziya va Bolgariyaga qarshi bahs olib boradi.