Vilya "Atletiko Madrid"da rasmiy lavozimni egalladi

Mashhur sobiq ispan futbolchisi David Vilya "Atletiko Madrid" boshqaruv jamoasida rasmiy lavozimga tayinlandi.
Ispaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi endi "matraschilar" direktorlar kengashi a'zosi bo'ladi.
Bu haqda Madrid klubining rasmiy veb-saytida e'lon qilindi.
"Men klubga yangi mas'uliyatli vakolatlar bilan qaytganimdan juda xursandman, lekin har mavsumda "Atletiko"ni yanada kuchliroq qilish istagi bo'ladi", - dedi Vilya.