Villian vataniga qaytadi

Braziliyalik vinger Villian faoliyatini o'z vatanida davom ettiradi - u "Gremio" futbolchisiga aylanadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, 37 yoshli futbolchi bugunoq Braziliyaga uchib boradi va u erda tibbiy ko'rikdan o'tib, klub bilan shartnoma imzolaydi. Tomonlar bitimning barcha shartlarini kelishib olishgan, Villian jamoaga erkin agent maqomida qo'shiladi.
Xavbekning so'nggi klubi Angliyaning "Fulxem" klubi bo'lib, u bu jamoada ikki mavsum o'ynagan. Bungacha tajribali braziliyalik futbolchi "Chelsi", "Arsenal", "Korintians", shuningdek, Gretsiyaning "Olimpiakos" klublari sharafini himoya qilgan.